Zafar Rasulov Navoiy viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar etib tayinlandi

Navoiy viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Farhod Gafarov sogʻligidagi muammolar sababli oʻz xohishiga koʻra vazifasidan ozod etildi. Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Zafar Rasulov boshqarma boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar qildi.

Zafar Rasulov
kun.uz

Zafar Rasulov shu kunga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligi davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.
41 yoshli Zafar Rasulov 2003-yilda Toshkent davlat tibbiyot instituti(hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ni tamomlagan. Keyinchalik, Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi, Navoiy viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻining profilaktika va davolash ishlarini tashkil etish boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog