Yunusobod tumanida tikuv sexi butunlay yonib ketdi

28-may kuni soat 07:20 da Yunusobod tumani, Yunusobod 4-dahasida yirik yong‘in yuz berdi, deb xabar beradi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Yong‘in tumanda joylashgan tikuv sexida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida sexning ichki qismi va uskunalar 200 kvadrat metr maydonda yongan. Yong‘in oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

Ayni damda yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog