Yunusobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji 11 yillik maktabga aylantirilishi mumkin

Poytaxtning Yunusobod tumanidagi Islomobod mahallasi faollari, ota-onalar hududdagi Yunusobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejini 11 yillik maktabga aylantirish taklifi bilan chiqishdi. Ushbu taklif bugun Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yunusobod tumanidagi Islomobod mahalla ahli bilan bo‘lgan uchrashuvida bildirildi.

Foto: Uz24

Mazkur mahallada 3 ming 165 aholi istiqomat qiladi. Lekin mahalla hududida maktab yo‘q. Yoshlar boshqa mahallalardagi maktablarga qatnashga majbur.

Uchrashuvda mahalla faollari, Prezident ushbu taklifni ko‘rib chiqish uchun mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

“Maktabda o‘qishni davom ettirish yoki kasb-hunar kollejiga o‘tish o‘quvchining ixtiyorida. O‘zi tanlasin, muhimi, ularni tarbiyali, ota-onasini hurmat qiladigan, vatanparvar qilib voyaga etkazishimiz kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Latest from Blog