YuNESKO Oʻzbekistonning toʻrt hududida qishloq xoʻjaligi va irrigatsiyada malakalarni oshirish tizimini yaxshilashga yordamlashmoqda

/

2021-yilning 23-fevral kunlari Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan va YuNESKO tomonidan amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida ishga joylashish koʻnikmalarini rivojlantirish” loyihasi boshqaruv qoʻmitasining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi, Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (YuNESKO), Oʻzbekiston Respublikasining Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (OOʻMTV), Oʻzbekiston Respublikasining Qishloq xoʻjaligi vazirligi (QXV) va Oʻzbekiston Respublikasining suv xoʻjaligi vazirligi (SXV) tadbir tashkilotchilari hisoblanadi.

Yevropa Ittifoqi tomonidan 9,6 mln yevro miqdoridagi mablagʻ bilan moliyalashtirilayotgan ushbu loyiha 2020-yilning 28-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati va YuNESKO tomonidan 2020-yildan 2024-yilga qadar boʻlgan muddatga yoʻlga qoʻyilgan.

Loyiha faoliyati Oʻzbekistonning tanlangan toʻrtta hududidagi (Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Buxoro va Surxondaryo viloyatlari) qishloq xoʻjaligi va irrigatsiyada malakalarni oshirish tizimini yaxshilashga yoʻnaltirilgan. Masalan, 2021-yilning yanvar oyida loyihaning qiziquvchi tomonlari uchun Milliy seminar oʻtkazildi va unda tanlangan toʻrtta hudud qishloq xoʻjaligi va irrigatsiyasidagi koʻnikmalarning rivojlanish holatining tahlili va talab baholarining dastlabki natijalari taqdim etildi.

YuNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Yan Hladik oʻzining chiqish nutqida, boshqaruv qoʻmitasi – bu loyihaning mustahkam siyosiy va strategik tavsiyalarni va sodiqlikni hamda qiziquvchi milliy tomonlarning ishtirokini taʼminlovchi yuqori boshqaruv organi ekanligini qayd etib oʻtdi. Boshqaruv qoʻmitasi loyiha muvaffaqiyatining kalit omili va milliy masʼuliyatning asosiy mexanizmi hisoblanadi.

Hukumat aʼzolari, ilmiy doira va professional assotsiatsiya rahbarlari hamda boshqa vakillardan iborat boʻlgan boshqaruv qoʻmitasining uchrashuvi davomida loyihaning 2021-yilga moʻljallangan “yoʻl xaritasi” muhokama qilindi va u quyidagi asosiy qismlarni oʻz ichiga oladi:

  • Resurslardan rejaga muvofiq samarali foydalanish va taqsimlash maqsadida byudjetni muvofiqlashtirish.
  • Ishlarning borishi toʻgʻrisidagi muntazam hisobotlarni hamda Sekretariatga qoʻllanma va baho berish haqidagi har qanday hisobotlarni koʻrib chiqish.
  • Milliy siyosiy muloqotda kalit rol hamda loyiha bilan belgilab qoʻyilgan va taklif qilingan strategik va siyosiy oʻzgarishlarga ochiq sodiqlik.
  • Loyihani amalga oshirish siyosatini muhokama qilish.
  • Qiziquvchi tomonlarning tegishli ishtirokini taʼminlash va boshqa tashabbuslar bilan loyihaning sinergiyasi va koordinatsiyasida koʻmaklashish.

“Qishloq xoʻjaligidagi professional taʼlim va oʻqitish tizimini isloh qilish, donor tashkilotlarning texnik yordami va tajribasida juda foydali boʻladigan eng muhim yoʻnalish hisoblanadi. Mazkur qoʻshma dastur, koʻnikmalarni rivojlantirish nuqtayi nazaridan 2017-2021-yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirish boʻyicha Harakatlar Strategiyasining birinchi oʻrindagi yoʻnalishlari, shuningdek, “Sifatli taʼlim”, “Gender tengligiga erishish va xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish”, “Munosib mehnat va iqtisodiy oʻsish” kabi barqaror rivojlanish Maqsadlari bilan muvofiqlashtirilgan. YI va YuNESKOning koʻnikmalarni rivojlantirish sohasidagi kuchli tomonlarini birlashtiradigan ushbu yangi dastur, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan hozirgi qiyin davrda islohotlarni amalga oshirish imkonini beradi, deb hisoblayman. Mazkur dastur Oʻzbekiston tomonidan taʼlim sohasida boshlangan modernizatsiyalangan qishloq xoʻjaligi sektori va islohotlaridagi professional taʼlim va oʻqitish tizimining sifati, samaradorligi va natijadorligi yaxshilashga oʻz hissasini qoʻshishiga umid qilamiz”, — deya qayd etdi Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasining Hamkorlik boʻlimi rahbari Fransua Bejo.

“Oʻzbekistonning qishloq hududlarida ishga joylashish koʻnikmalarini rivojlantirish” loyihasi ishga joylashish imkoniyatini yaxshilash hisobiga, qishloq hududlardagi hayot darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan. Bunga Oʻzbekistondagi ayol va erkaklarni barqaror, diversifikatsiyalangan va modernizatsiya qilingan qishloq xoʻjaligi uchun tegishli koʻnikmalar bilan taʼminlash orqali erishiladi. Loyihaning kutilayotgan natijalari: 1) Professional taʼlim va tayyorlov sohasidagi siyosatni amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash va qishloq xoʻjaligi va irrigatsiya sektori evolyutsiyasiga moslashtirilgan va mustahkamlangan boshqaruv mexanizmlari modernizatsiyasi; 2) Mehnat bozori va qishloq xoʻjaligi sohasida oʻqiyotgan va ishlayotgan ayol va erkaklar ehtiyojlarini qondirish uchun, professional taʼlim va tayyorlov mutaxassisliklari va metodikasini modernizatsiya qilish; 3) Zamonaviy uskunalar, texnologiyalar va oʻqitish usullaridan foydalanishga qodir boʻlgan malakali menejment va oʻqituvchilar tarkibiga ega samarali professional taʼlim va tayyorlov kollejlari.

Latest from Blog