Yulduz Usmonovaning konsertlariga yana ikki kun qo‘shildi

Ayni kunlarda Toshkent shahridagi Istiqlol san’at saroyida O‘zbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonovaning konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda. «Ey aziz inson» deb nomlangan konsert dasturi avvaliga 11-apreldan 23-aprelga qadar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Muxlislarning taklifiga binoan konsert dasturlariga yana ikki kun qo‘shilib, dastur 9-apeldan start oldi.

Foto: Shok.uz

Konsertda xonanda tomonidan ijodiy faoliyatidagi eng xit taronalar orasida yangi taronalar ham kuylanmoqda. Dastur shuningdek turli raqslar bilan boyitilgan, deya xabar qilmqoda Shok.uz.

Avvalroq, Yulduz Usmonovaning rasmiy sayti ma’muri Azamat Qodirov chiptalarning 27-yanvardan savdoga 20 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha qilib belgilanishi haqida xabar qilingan edi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar