Yosixide Suga bosh vazir lavozimi uchun boʻlgan saylovda gʻolib boʻldi

Yaponiyada yetakchi Liberal-demokratik partiya yangi rahbarligi uchun saylovlar boʻlib oʻtdi. Unda Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suga ovoz berish natijalariga koʻra, saylovda gʻolib chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” sayti xabar berdi.

Foto: Reuters

Saylovda Yosixide Suga 377 ta ovoz toʻpladi. Unda yangi rahbarga Mudofaa vazirligi sobiq rahbari Sigeru Isiba (68 ta) va Tashqi ishlar vazirligi sobiq rahbari Fumio Kisidalar (89 ta) raqib boʻlishgan edi.

Maʼlumot uchun, 16-sentabr kuni parlamentning navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazilib, taomilga koʻra, yangi bosh vazirga ovoz beriladi. Toʻgʻrirogʻi, Yosixide Suga hukumat rahbari – Yaponiya bosh vaziri sifatida rasman tanishtiriladi.

Liberal-demokratik partiya Parlamentda koʻpchilik ovozga ega boʻlgani tufayli Yosixide Suga bosh vazir lavozimiga tayinlanishi muqarrar. Yosixide allaqachon Abe yoʻnalishini davom ettirishini maʼlum qildi, deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe sogʻligi yomonlashgani tufayli bosh vazir lavozimini tark etishga qaror qilganini maʼlum qilgan edi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog