Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashiga Elbek Shukurov rahbar bo‘ldi

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent kengashiga yangi rahbar tayinlandi, deya xabar qilmoqda Uz24 nashri.

Foto: Uz24

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati va O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Elbek Shukurov ushbu lavozimga munosib ko‘rilgan.

O‘zbekiston Prezidentining 5-iyuldagi farmoni bilan Yoshlar ittifoqining Toshkent kengashi rahbari poytaxt hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi va maqomi jihatidan hokimning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Elbek Shukurov 1988-yilda Toshkentda tug‘ilgan. 2009-yili Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2005-yilda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatida boshlagan. Unda bir necha yil turli lavozimlarda ishlagan.

Latest from Blog