Yoshlar ishlari agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar berdi.

Nizomga koʻra, Agentlikning qabul qilgan qarorlari davlat organlari, boshqa tashkilot va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Agentlik yuridik shaxs hisoblanib, oʻz nomi yozilgan va Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy gʻazna hisob varaqlariga, bank hisob varaqlariga ega boʻladi.

Agentlik tizimiga agentlikning markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari, Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, “Yoshlar media xoldingi” AJ kiradi.

Hududiy boʻlinmalar (tumanlar va shaharlar boʻlimlari bundan mustasno) yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritadi.

Agentlikning asosiy vazifalaridan biri yoshlar bilan bogʻliq soha va yoʻnalishlarda yagona davlat siyosatini, strategik yoʻnalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, Yoshlar ishlari agentligi Prezident Farmoni bilan tashkil etilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog