Yoʻl harakati qoidasini buzganlik toʻgʻrisidagi protokol elektron shaklda tuziladi

Endi Oʻzbekistonda yoʻl harakati qoidasini buzganlik toʻgʻrisidagi protokol elektron shaklda tuziladi. Bu haqda Oʻzbekiston Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi rahbari oʻrinbosari Erali Bozorovga asoslanib xs.uz xabar berdi.

Foto: Xalq soʻzi

Xabarga koʻra, bu tartib yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi joriy etilgandan soʻng amalga oshirila boshlanadi. Qoida buzilishlar boʻyicha barcha maʼlumotlar maxsus elektron bazaga joylashtiriladi.

Ayni paytda mazkur tizimni ishlab chiqish va tatbiq etish boʻyicha jarayonlar ketyapti.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi. Amaldagi haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalariga almashtirish 2017-yil 1-oktabr — 2018-yil 31-dekabr davrida ixtiyoriy ravishda, 2019-yil 1-yanvar — 2020-yil 31-dekabr davrida majburiy tartibda amalga oshiriladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar