“Yoʻlqurilish”ga yangi rahbar tayinlandi

“Yoʻlqurilish” AJ yagona aksiyadorining 2020-yil 11-sentabrdagi qarori bilan Yerniyazov Ruslan Muptullayevich mazkur jamiyat boshqaruv raisi etib tayinlandi.

Yerniyazov Ruslan
“Yoʻlqurilish” AJ

Maʼlumot sifatida davlatimiz rahbarining 2019-yil dekabrdagi tegishli hujjatlariga koʻra, “Yoʻlqurilish” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilishi belgilangan. Shunga muvofiq, joriy yil Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli buyrugʻiga asosan, “Yoʻlqurilish” AJ tashkil etilgan. Uning yagona aksiyadori sifatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi belgilangan.

Shuningdek, yagona aksiyadorning qarori bilan jamiyat kuzatuv kengashi tarkibi ham tasdiqlandi:

Bekenov Sunatulla Xusanovich – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori;

Nazarov Shuhrat Baxtiyorovich – Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari;

Xolmurodov Nozimjon Qosimovich – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari;

Abidov Akmal Jurabayevich – Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi;

Arzikulov Nodir Shodiyevich – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi departament boshligʻi.

Ushbu tarkibda tasdiqlangan kuzatuv kengashining birinchi majlisida aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan kengash raisi etib, Bekenov Sunatulla Xusanovich saylandi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog