Yilning eng esda qolarli faktchekinglari

Muftiy ishdan ketmadi

Joriy yilning 10-sentyabr kuni “Azon.uz” nashri Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov egallab turgan lavozimidan ozod qilingani haqida xabar tarqatgan edi.

Skrinshot

Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi esa rasman muftiy Usmonxon Alimov oʻz lavozimidan ozod etilmaganini maʼlum qildi.

Skrinshot

“Shu munosabat bilan, 2019-yil 10-sentyabr kuni “Azon New Media”da shoshilinch majlis chaqirildi hamda xabar tayyorlashda eʼtiborsizlikka yoʻl qoʻygani uchun “Azon.uz” bosh muharriri ishdan olindi”, deb xabar tarqatdi tahririyat. Ushbu xabarni Oʻzbekistondagi bir nechta elektron OAVlari nashr qildi. Biroq, fakt tasdiqlangandan keyin xabarlar olib tashlandi. Aksariyat saytlar xabarga raddiya ham bermadi.

Rozenblum elchi boʻlmay turib Toshkentga keldimi?

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriligi matbuot xizmati nashr qilgan xabarda mamlakat Mudofaa vazirining AQSh elchisi Daniel Rozenblum bilan uchrashgani haqida axborot beriladi.

Skrinshot: 

8-noyarb kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvda Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov AQSh mudofaa vazirining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari boʻyicha yordamchisining oʻrinbosari Kolin Jekson boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qilgan edi. Xabarga shuningdek, uchrashuvga hali Kongressda qasamyod qabul qilmagan Toshkentga hali yetib kelmagan elchisi ham ishtirok etgani haqida maʼlum qilinadi.

Korrespondent.uz, Daryo.uz hamda boshqa OAVlarda nashr qilingan axborotga aniqlik kiritish maqsadida AQSh elchixonasi matbuot xizmatiga qoʻngʻiroq qilganimizda elchining Toshkentga hali kelmagani maʼlum qilindi. Mudofaa vazirligi matbuot xizmati vakili esa xabarni toʻgʻirlab qoʻyishini aytdi.

Keyinroq, faktning noto’g’riligi haqida Amerika Ovozi muxbiri Navbahor Imamova ham ijtimoiy tarmoqlarda alohida post yozdi.

Ikhtiyor Rakhman tayyorladi

Latest from Blog