Yil oxiriga qadar Ashxobod-Toshkent-Ashxobod aviaparvozlari yo‘lga qo‘yiladi

«Turkmenistan» aviakompaniyasi yil oxiriga qadar Ashxobod-Toshkent-Ashxobod yo‘nalishi bo‘yicha aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Reysning ochilishi bilan bog‘liq masalalar 28- va 30-iyun kunlari Toshkentda «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi va turkman aviatashuvchisi vakillari uchrashuvida muhokama qilindi.

Foto: AirlineReporter

MAK matbuot xizmatining xabar qilishicha, tomonlar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Turkmaniston aviakompaniyasi havo kemalariga xizmat ko‘rsatish va bort oziq-ovqati bilan ta’minlash to‘g‘risidagi shartnomalarni imzoladi.

Muzokaralarda tashuvga oid hujjatlarni o‘zaro tan olish va har ikki aviatashuvchiga sherik tomonning reyslariga aviachiptalarni rasmiylashtirish huquqini beruvchi tijoriy interlayn-kelishuv loyihasi ham ko‘rib chiqildi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar