Yig‘layotgan bolaning begonasi bo‘lmaydi. Abrorbekning hayotini saqlab qolaylik!

Xabibullayev Abrorbek Xayrulla o‘g‘li 2013-yil 19-avgustda tug‘ilgan. Abrorbek yurak tug‘ma nuqsoni bilan tug‘ilgan. 2 oyligida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti poliklinikasida kordiolog Kim A.A tomonidan “Tetrado fallo” kasalligi tashxisi qo‘yilgan.

Abrorbekning onasi Kamola opa uch yil avval o‘g‘lini jarrohlik amaliyoti olishi uchun navbatga qo‘ygan. 438-navbat 3 yil o‘tib ham kelmaganidan noliydi va o‘g‘lining ahvoli kundan-kun yomonlashib borayotganidan xavotirda.

Besh yoshli Abrorbek bugun deyarli ko‘chaga chiqmaydi. Unga keskinroq harakat ta’qiqlangan. U yashaydigan mahalla gazlashtirilmagani bois aholi ko‘mir va o‘tin yoqadi. Doimiy tutun ham bolakayga jiddiy ziyon yetkazmoqda. Besh kishi yashaydigan oilada hech kim doimiy ishlamaydi. Ota mahallasida mavsumiy ishlar qiladi. Ona kun bo‘yi bolasining yonida bo‘lgani bois ishlash imkoni yo‘q. Ota-onaning uch yillik turli muassasalar, shifoxonalar eshigi ortidagi sanoqsiz kunlari samarasiz ketmoqda. Bola uchun esa har daqiqa g‘animat. Yurakdagi uchta teshik bola ulg‘aygani sayin kattarib bormoqda.

Zudlik bilan bola operatsiya qilinishi kerak. Tibbiyot birlashmasi tomonidan beriladigan order bo‘lsa jarrohlik amaliyoti ancha arzon bo‘lardi. Ammo uch yildan beri qo‘lga tegmagan orderni endi kutishga fursat yo‘q. O‘lim bilan olishayotgan bolakayning kuchi qolmadi, holdan toygan Abrorbekning ko‘zlariga qarab etingiz uvishadi. Ko‘z o‘ngingizda porlab turgan ko‘zlardagi nurning so‘nib borishiga qanday chidab qarab turish mumkin?!

Bugun Abrorbek yaxshilarning mehriga, ko‘magiga muhtoj. Birinchi operatsiya narxi (jarrohlik payti yurakning uzliksiz ishlab turishini ta’minlaydigan apparatning bahosi va dorilari bilan birga) 22 million. Bemorning ahvoli va undagi o‘zgarishlarga qarab shifokorlar yana bir operatsiyaga zarurat bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.

Xalqimiz hech qachon yordamga muhtoj birodarini tashlab qo‘ymagan. Toma-toma ko‘l bo‘lur, deganmizku axir. Shu sabab Abrorbekning operatsiyasi uchun xayriya aksiyasini tashkil etishga jazm etdik…

Barchamizda farzandlarimizning shodon kulgilarini eshitib yurish nasib etsin. Bir bolakayning umrini saqlab qolishga hissa qo‘shing. Uni dunyoda mehr-oqibat, iymon va yaxshilik borligiga ishontiring!

Abrorbekning hayotini saqlab qolaylik!
Karta raqami: 8600 0423 6691 7200  |  Amal qilish muddati: 05/19
Abrorbekning onasi Kamola opaning telefon raqami: +99890 963-5053; +99894368 9379

Fallo tetradasida to‘rtta doimiy belgilar bilan kuzatiladi:

  1. O‘pka arteriyasi torayishi;
  2. Qorinchalararo to‘siqning yuqori nuqsoni;
  3. Aortaning o‘ng tomonga surilishi;
  4. O‘ng qorincha gipertrofiyasi.

Fallo tetradasida gemodinamikaning buzilishi, o‘pkaga qon tushishining kamayishi va venoz qonni o‘ng qorinchadan aortaga o‘tishidan iborat bo‘ladi.

Kasallikning dastlabki alomatlari bola tug‘ilgandan keyingi dastlabki soatlarda uning qichqirishi va emishi vaqtida yengil sianoz ko‘rinishida yuzaga chiqadi. Keyinchalik, sianoz va nafas qisishida birmuncha yaqqol namoyon bo‘ladi va 1-2 yoshga kelib doimiy tusga kirib, hatto bola tinch turganida ham yo‘qolmaydi. Katta yoshdagi bemorlar nafas qisishi, tez charchash, bosh og‘rig‘i, jismoniy ishga layoqatsizlikdan noliydilar. Aksariyat bemorlar o‘rindan turolmay yotadilar. Ahvol tobora yomonlashadi. Bemorlarning teri qoplamlari ko‘kimtir tusga kiradi, barmoq bilan bosib ko‘rilganda, shu joyda asta-sekin yo‘qoladigan oqimtir dog‘ qoladi.

 

Fikr bildirish

Latest from Blog