Yigʻlab turgan bolaning begonasi boʻlmaydi. Abrorbekning hayotini saqlab qolaylik!

Abrorbek yurak tugʻma nuqsoni bilan tugʻilgan, unga “Tetrado fallo” tashxisi qoʻyilgan. Yaqinda sakkizga toʻladi. Uning oilasi Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani Birgalik qishlogʻida yashaydi. 2018-yilda Abrorbek birinchi operatsiyasini boshdan kechirdi. Oldinda ikkinchi muhim operatsiyaga zarurat bor. Avvalgi operatsiya uchun Abrorbekning onasi Kamola radio orqali efirga chiqib, shikoyat qilmagan joyi qolmagan. Shundan soʻnggina unga kasalxonaga yotish uchun maxsus order berilgan. Lekin Kamola bu safar orderdan umid qilish yoki qilmaslikni ham bilmaydi.

Abrorbek sakkizni qarshilayotganiga qaramay ikkinchi operatsiyasini boshdan kechirmagani uchun maktabga chiqa olmadi. Navbatdagi operatsiya narxi (jarrohlik payti yurakning uzliksiz ishlab turishini taʼminlaydigan apparatning bahosi va dorilari bilan birga) 40 million soʻm. Lekin Kamolada bu pulning oʻndan birini topishga ham imkon yoʻq.

Fallo tetradasida toʻrtta doimiy belgilar bilan kuzatiladi:

  1. Oʻpka arteriyasi torayishi;
  2. Qorinchalararo toʻsiqning yuqori nuqsoni;
  3. Aortaning oʻng tomonga surilishi;
  4. Oʻng qorincha gipertrofiyasi.

Oʻlim bilan olishayotgan bolakayning kuchi qolmadi, holdan toygan Abrorbekning koʻzlariga qarab etingiz uvishadi. Koʻz oʻngingizda porlab turgan koʻzlardagi nurning soʻnib borishiga qanday qarab turish mumkin?! Bugun Abrorbek yaxshilarning mehriga, koʻmagiga muhtoj. Uni dunyoda ezgulik va yaxshi insonlar borligiga ishontiraylik! Axir yigʻlab turgan bolaning begonasi boʻlmaydi. Abrorbekning hayotini saqlab qolaylik!

Xayriya qilish istagida boʻlgan saxovatpesha insonlar uchun qoʻshimcha maʼlumotlar:

Karta raqami: 8600 0423 8084 6153 (karta Abrorbekning otasi Usmonov Xayrulla nomida)

Abrorbekning onasining telefon raqami: +99899 487 7912

Latest from Blog