Yevropalik olimlar o‘zini o‘zi tiklovchi “aqlli” asfalt tayyorladi


Niderlandiyadagi Delft texnika universiteti mutaxassislari “aqlli” yo‘l qoplamasi ishlab chiqdi.

“Aqlli” asfaltning po‘lat tolalari bo‘lib, undan tok o‘tkaziladi. Shu orqali qoplama arzimas shikastlarni o‘zini qizitish yo‘li bilan to‘g‘rilaydi. Bundan tashqari, yo‘l-yo‘lakay elektromobillarni zaryadlashi mumkin, deb xabar qilmoqda Carzone avtoportali.

Bunday yo‘l qoplamasining narxi oddiy asfaltdan 25 foizga qimmatroq, ammo ikki barobar ishonchli. Gollandlar yo‘llariga “aqlli” asfalt yotqizib, yiliga 100 mln yevroni tejab qolmoqchi. Hozir mamlakatning 12 trassasiga “aqlli” qoplama yotqizib sinalmoqda.

Latest from Blog