Yevropada pandemiyaning ikkinchi to’lqini

Yevropa bo’ylab mamlakatlar yil boshida epidemiyani muvaffaqiyatli pasaytirgandan so’ng, COVID-19ni yuqtirishda jonlanish kuzatilmoqda, deb yozmoqda.

covid-2
istiklal.com.tr

Albaniya, Bolgariya, Chexiya, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya kabi ba’zi mamlakatlarda avgust oyidagi kasallik ko’rsatkichlari yil boshiga nisbatan ancha yuqori bo‘ldi.

Belgiya, Italiya va Buyuk Britaniya – Yevropaning eng ko’p zarar ko’rgan davlatlari orasida pandemiya qayta jonlangan mamlakatlar sifatida namoyon bo’lmoqda, biroq holat mart va aprel oylaridek emas. Bu uch davlatdan Buyuk Britaniyaning ko’rsatkichlari eng xavotirli ko’rinishga ega. Unda 18-sentabr kuni 4322 ta holat qayd etilgan.

Fransiya, Polsha, Niderlandiya va Ispaniya, ikkinchi to’lqinga nisbatan xavotirli bilan munosabatda va uni to’xtatish choralarini ko’rishni boshladilar.

Masalan, Fransiya shanba kuni 13 498 ta yangi holatni e’lon qildi, bu mamlakat qayd etgan eng yuqori ko’rsatkichdir.

“Bizning oldimizda juda jiddiy ish turibdi”, – dedi Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining Yevropa bo’yicha mintaqaviy direktori doktor Xans Klyuge. U Yevropada haftalik yuqumli kasalliklar soni mart oyining birinchi cho’qqisiga qaraganda ko’proq ekanligi aniqlanganini ta’kidladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog