Yevropa ukrainaliklar uchun oʻz chegarasini ochdi

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Ukraina fuqarolariga murojaat qilib Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz tartib ishga tushirilgani toʻgʻrisida tantanali ravishda eʼlon qildi.

Korrespondent Uz 0132

Foto: Gazeta Express

“Ukraina uchun vizasiz tartib ishga tushirildi! Yevropaga sharaflar! Ukrainaga sharaflar!” — deb yozdi Poroshenko oʻzining Facebook dagi sahifasida.

Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisidagi hujjat 17 may kuni Yevropa parlamenti prezidenti Antonio Tayani va Yevropa ittifoqi kengashida raislik qilayotgan Malta rahbari Karmelo Abela tomonidan imzolangan edi.

Kiritilgan oʻzgartishlar 11 iyunga oʻtar kechasi kuchga kirdi.

Hujjatga koʻra, endilikda Ukraina fuqarolari sayyohlik, oilaviy yoxud tadbirkorlik maqsadlarida Shengen hududiga 90 kunga hech qanday toʻsiqsiz kira olish imkoniga ega boʻlishdi.

Latest from Blog