Yevropa Chempionlar ligasi. Bugun «Barselona» – «Yuventus» uchrashuvi bo‘ladi


Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining chorak final javob uchrashuvlari bugun ham davom ettiriladi. Monako va Barselona shaharlari ajoyib o‘yinlarga mezbonlik qilishadi, deya xabar qilmoqda UFF portali.

Jumladan, birinchi o‘yinda “Monako” jamoasi Dortmundning “Borussiya” klubini qabul qiladi. Birinchi o‘yinda qayd etilgan 3:2 hisobidagi g‘alaba maydon egalariga kichik ustunlikni taqdim etmoqda. Ammo, Germaniya grandi kerakli paytda qanday o‘ynash lozimligini biladi.

Ikkinchi o‘yin Kataloniyada – mahalliy “Barselona” hamda Turinning “Yuventus” jamoalari o‘rtasida kechadi.

Uni butun dunyodan kuzatib borishadi. Dastlabki o‘yinda “Yuve” raqibini 3:0 hisobida yutgandi. Javob uchrashuvida italiyaliklarni hatto kichik hisobdagi mag‘lubiyat ham qoniqtiradi. Ammo, keyingi bosqichga kim yo‘l olishini keyinroq bilib olamiz. “PSJ 2” stsenariysi takrorlanadimi?

Eslatib o‘tamiz, bugungi o‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 23.45da boshlanadi.

19.04.2017
23:45 Monako -:- Borussiya D
23:45 Barselona -:- Yuventus

Latest from Blog