Foto: gettyimages.com

Yevro-2020. Italiya Angliyani mag‘lub etib, Yevropa chempioni bo‘ldi

/

11-iyundan 11-iyulga qadar boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatining final uchrashuvi yakuniga yetdi. Finalda Italiya hamda Angliya terma jamoalari oʻzaro kuch sinashishdi.

Oʻyinning 2-daqiqasida angliyalik himoyachi Lyuk Shou gol urib, hisobini ochdi. Shou golni uchrashuvning 1 daqiqa 57 soniyasida toʻp kiritdi. Shu tariqa, futbolchi Yevropa chempionati finallarida kiritilgan eng tezkor gol muallifiga aylandi.

Uchrashuvning 67-daqiqasida Leonardo Bonuchchi gol urdi va hisobni tenglashtirdi. Bonuchchi ushbu gol bilan Yevropa chempionati finallarida gol urgan eng keksa futbolchiga aylandi. U Angliyaga gol kiritganida 34 yosh 71 kunlik edi. Bundan avvalgi rekord germaniyalik Bernd Xelsenbaynga (30 yosh 103 kunlik) tegishli edi.

Oʻyinning asosiy vaqti 1:1 hisobi bilan yakuniga yetdi. Qoʻshimcha vaqtlar ham hisob oʻzgarmadi. Penaltilar seriyasida 3:2 hisobida Italiya terma jamoasi ustun keldi. Angliya terma jamoasida yakuniy zarbani bergan Bukayo Saka gol ura olmadi.

Shu tariqa Italiya terma jamoasi Yevropa chempionatida gʻolib boʻldi. Ular ikkinchi bor bu natijani qayd etishdi. Bundan avval 1968-yilgi turnir finalida Yugoslaviya ustidan gʻalabaga erishib, chempion boʻlgan edi. Shuningdek, Italiya 2000 va 2012-yilgi Yevropa chempionatlari finallarida magʻlub boʻlishgan.

Latest from Blog