Yetti o‘zbekistonlik halok bo‘lgan angar ijarachisi hibsga olindi

Tergov organlari yetti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan angarni ijaraga olgan firmaning bosh direktorini hibsga oldi, deb xabar berdi Peterburg bo‘yicha RF tergov qo‘mitasining bosh tergov boshqarmasi matbuot xizmati.

U 1986-yilda tug‘ilgan ayol bo‘lib chiqdi. Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni Kolpino shaharchasida yo‘lak plitkalari ishlab chiqariluvchi angarda yong‘in yuz berdi. Angar qoldiqlari ostidan o‘zbekistonlik yetti fuqaroning jasadi topilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog