YETTB Oʻzbekistondagi loyihalar uchun 110 mln dollar kredit ajratdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) direktorlar kengashi Oʻzbekistondagi loyihalar uchun umumiy qiymati 110 million dollarlik ikkita kredit ajratdi, deb xabar berdi RIA Novostiga respublika hukumati vakiliga tayanib.

Foto: East News

«Londonda YETTB direktorlar kengashi Oʻzbekistonda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun 110 million dollar miqdorida kredit ajratilishini bir ovozdan maʼqulladi», — dedi agentlik suhbatdoshi.

Xususan, YETTB Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki uchun 100 mln. AQSh dollari miqdorida kredit ajratdi. Umumiy summaning 70 million dollari kichik va oʻrta biznes loyihalarini moliyalashtirishga, 30 million dollari savdoni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

Shuningdek, YETTB sharbatlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Agromir Juice MChJ QKga 10 million dollar kredit ajratdi. Ushbu mablagʻ Samarqand viloyatida korxona uchun zamonaviy ombor majmuasi qurishga yoʻnaltiriladi.

Oʻzbekiston 1992-yil aprelida YETTBga aʼzo boʻlgan, 1993-yil mayida Toshkentda bank vakolatxonasi ochilgan. YETTBning maʼlumotlariga qaraganda, bank oʻtgan davr mobaynida Oʻzbekiston hukumati va xususiy kompaniyalarga 54 loyiha uchun 899 million yevro miqdorida kredit taqdim etgan. Bank Oʻzbekistondagi loyihalar uchun oxirgi marta 2007-yilda kredit ajratgandi.

Shu yilning mart oyida Oʻzbekistonga YETTB prezidenti Suma Chakrabarti boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Oʻzbekiston TIVning maʼlum qilishicha, transport va kommunal infrastruktura, bank va kichik biznes sohasida YETTB bilan hamkorlikda 1,5 milliard dollarlik loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar