/

Yer yuzida ekotizimni muhofaza qilishning oʻn yilligi boshlandi

Foto: BMT

2050 yilga kelib ekotizimlarning tanazzulga uchrashi hosildorlikning dunyo boʻylab oʻrtacha 10 foizga, ayrim mintaqalarda esa 50 foizga pasayishiga olib kelishi mumkin. BMT ushbu salbiy tendensiyani toʻxtatish uchun birgalikdagi saʼy-harakatlarni amalga oshirishga chaqiradi va shu munosabat bilan 2021 yildan 2030 yilgacha boʻlgan davrni ekotizimni tiklash oʻn yilligi deb eʼlon qildi.

“Ekotizimni tiklash oʻn yilligi mamlakatlarga iqlim oʻzgarishi va bioxilma-xillikni yoʻqotish oqibatlarini yengishga yordam beradi. Ekotizim misli koʻrilmagan darajada tanazzulga uchramoqda”, — dedi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (OQXT) bosh direktori.

Uning qoʻshimcha qilishicha, global miqyosda oziq-ovqat ishlab chiqarish dunyo mamlakatlarining ekotizimni tiklash boʻyicha ishlariga bogʻliq.

OQXTning qayd etishicha, quruqlik va dengiz ekotizimlarining buzilishi dunyodagi yillik yalpi mahsulotning deyarli 10 foiziga teng iqtisodiy yoʻqotishlarga olib keladi. Ushbu jarayon 3,2 milliard odamning farovonligiga taʼsir qiladi.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, asosiy ekotizim shiddat bilan qulamoqda. Yaʼni, tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, ikki milliard gektardan ziyod oʻrmonzorlar va degradatsiyaga uchragan qishloq xoʻjaligi yerlari, oʻtloq va oʻrmonlarni hali ham tiklash mumkin.

Ekotizimning tiklanishi iqtisodiy tiklanishni qoʻllab-quvvatlaydi va millionlab “yashil” ish oʻrinlari yaratilishiga olib keladi. Qishloq xoʻjaligi yerlari, oʻtloqlar, oʻrmonlar, botqoqlik va torfli yer usti ekotizimlarini tiklash ularning uglerodni saqlash qobiliyatini tiklaydi va chiqindi gazlar chiqindilarining pasayishiga olib keladi.

Belgilangan rejalarni toʻgʻri amalga oshirish bilan ekotizimlarni tiklash boʻyicha harakatlar flora va faunaning tez kamayib ketishini oldini olishga, tuproq unumdorligini oshirishga va suv tanqisligini kamaytirishga yordam beradi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog