Yashnobod tumani kompleks rivojlantiriladi

Hukumat qarori bilan 2020-2022-yillarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi deya xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Dasturning asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yana-da rivojlantirish, aholining, xususan xotin-qizlar, yoshlar va kam taʼminlangan fuqarolarning bandligini taʼminlash orqali ularning daromadlarini va turmush darajasini oshirish belgilandi.

Dasturga koʻra, tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida jami 204 ta loyihaning amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Jumladan, sanoat, xizmatlar, servis va savdo sohalarini rivojlantirish boʻyicha jami 50 ta loyihaning amalga oshirilishi, bu orqali 8 mingdan ziyod yangi ish oʻrinlari yaratilishi koʻzlangan.

Shuningdek, tumanda koʻp qavatli uy-joylar majmuasini barpo etish boʻyicha 19 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 1 215 ta ish oʻrni yaratilishi belgilangan.

Fikr bildirish

Latest from Blog