Foto: interfax.uz

Yaqin kunlarda Oʻzbekiston Notarial palatasi XNIga aʼzolikka qabul qilinadi — Richard Bok

/

Oʻzbekiston notarial palatasi yaqin muddatlarda ittifoqqa aʼzo boʻladi. Bu haqda Xalqaro notariuslar ittifoqi delegatsiyasi rahbari Richard Bok Oʻzbekiston Notarial palatasida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.

Shuningdek, Richard Bok Germaniyada davlat xizmatlari agentligi kabi tashkilot yoʻqligi va bu tizim unda katta qiziqish uygʻotganini taʼkidladi.

“Delegatsiya tomonidan joylarda oʻtkazgan uchrashuv va oʻrganishlar Oʻzbekiston notariati tizimini ijobiy baholandi, nasib qilsa, yaqin muddatlarda Oʻzbekiston Notarial palatasi Xalqaro notariuslar ittifoqiga aʼzolikka qabul qilinadi, degan umiddaman”, dedi Bok.

Maʼlumot uchun, Xalqaro Notariuslar Ittifoqi (XNI) nodavlat tashkiloti boʻlib, lotin tipidagi notariuslarning asosiy xalqaro tashkiloti hisoblanadi.

«XNIga aʼzo boʻlishdan maqsad – milliy notariat tizimini isloh qilish doirasida uni umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar hamda lotin notariat modelidagi davlatlarning ilgʻor tajribalarini qoʻllash choralari koʻrilmoqda. Oxirgi ikki yilda davlat notariuslari 99,5% xususiy faoliyatga oʻtganligi, notarial harakatlarni rasmiylashtirish hamda notariuslar faoliyatida qonuniylikni taʼminlash jarayonlari toʻliq elektron koʻrinishda amalga oshirilayotganligi xalqaro miqyosda milliy notariat tizimini isloh qilish boʻyicha ijobiy tajriba sifatida eʼtirof etilishiga olib keldi», deydi Notarial palata raisi Dilshod Ashurov.

Maʼlumot uchun, joriy yilning 22-24-sentyabr kunlari Germaniya notariuslari Federal palatasining xalqaro aloqalar boʻyicha bosh vakili, Xalqaro notariuslar ittifoqining xalqaro notarial hamkorlik boʻyicha komissiyasi prezidenti Richard Bok boshchiligidagi Xalqaro notariuslar ittifoqi delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi boʻlib oʻtdi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar