Yaponiyaning 4 ta shahridan Samarqandga charter qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi

/


2017-yilning aprelidan may oyiga qadar Yaponiyaning Nagoya, Osaka, Fukuoka va Sendai shaharlaridan Samarqandga toʻgʻridan-toʻgʻri charter havo qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar qildi «Jahon» AA.

Qayd qilinishicha, ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi va «Oʻzbekiston havo yoʻllari» Milliy aviakompaniyasining Tokiodagi vakolatxonasi tomonidan, Yaponiyaning “»Hankyu International Travel», «World Air-Sea Service», «JTB», «Nippon Travel» yetakchi sayyohlik operatorlari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

«Shuni qayd etish joizki, ikki tomonlama munosabatlar tarixida birinchi marta Oʻzbekiston va Yaponiyaning mintaqalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilmoqda. Birinchi charter qatnovi 250 nafar sayyoh bilan 7 aprel kuni Nagoya shahridan Samarqandga uchadi. Kunchiqar mamlakat sayohatchilari Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkentning diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishadilar. Samarqandning Registon maydonida madaniy kecha uyushtiriladi. Unda Oʻzbekiston sanʼat ustalari ijrosidagi ashula va raqslar xorijlik mehmonlarning eʼtiboriga havola qilinadi. Bundan tashqari, milliy liboslar namoyishi tashkil etiladi», — deyilgan xabarda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar