Foto: EPA/Vostock-photo

Yaponiyada bugundan 65 yoshgacha boʻlganlarni ommaviy emlash boshlandi

/

Yaponiyada dushanba kuni 65 yoshgacha boʻlgan fuqarolar uchun COVID-19ga qarshi ommaviy emlash boshlandi, deb xabar beradi mahalliy ommaviy axborot vositalari.

Yaponiya Bosh vaziri Yoshihide Suga noyabr oyigacha aholini emlashni yakunlamoqchi boʻlganligi sababli, hukumat kompaniyalar va universitetlarga oʻzlarining ishchilari hamda 65 yoshgacha boʻlgan xodim va talabalarni emlashga ruxsat berdi. Taʼkidlanishicha, hozirda faqat yirik kompaniyalar va universitetlar emlanmoqda.

Juma kuni soat 17.00 dan boshlab hukumat kompaniyalar va universitetlardan 3 479 ta joyda 13,73 million kishiga emlash uchun arizalarni qabul qildi. OAV xabarlariga koʻra, baʼzi universitetlar nafaqat oʻz talabalari va xodimlarini, balki atrofdagi ishchilarni ham emlashni boshladilar.

Bundan tashqari, tibbiyot fakulteti boʻlgan baʼzi universitetlar boshqa oliy oʻquv yurtlari talabalarini emlashda yordam berishlarini aytishdi.

Nippon Airways Co. va Japan Airlines Co. aviakompaniyalarni oʻtgan hafta hukumat tomonidan belgilangan muddatdan oldin emlashni boshladi.

Hukumat maʼlumotlariga koʻra, ikki dozali emlashni olgan umumiy aholining ulushi hozirda 3,6 foizni tashkil qiladi. Yaponiyada emlashlar fevral oyida sogʻliqni saqlash xodimlaridan boshlangan. Aprel oyida ular 65 va undan katta yoshdagi odamlarni emlashni boshladilar.

Latest from Blog