Iqtisodiyot

Yaponiya O‘zbekistonning ikki kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

O‘zbekistonning ikki kompaniyasi — Alfa Beta Creative va GFK Logistic Asia Yaponiyaning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi. Avvalroq ularga qarshi AQSh va Yevropa Ittifoqi ham sanksiya qo‘llagandi.Yaponiya hukumati Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi, jumladan, cheklovlar ro‘yxatidan O‘zbekiston kompaniyalari ham joy oldi. Yaponiyaning shaxslar bo‘yicha sanksiyalar ro‘yxatiga 35 kishi kiradi. 22-dekabrdan kuchga kiradigan eksport taqiqiga Rossiyadan 57 ta tashkilot, BAAdan ikkita, Suriyadan bitta va O‘zbekistondan ikkita tashkilot duch kelgan.

Xususan, Alfa Beta Creative va GFK Logistic Asia kompaniyalariga nisbatan cheklovlar joriy etildi. Yozda Yevropa Ittifoqi bu kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar kiritgandi.

O‘zbekiston Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestriga ko‘ra, Alfa Beta Creative 2022-yil 6-iyun kuni 2 million so‘m ustav kapitali bilan Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan, asoschisi va direktori Svetlana Karimovna Xaydari, hozirda esa Oleg Valerevich Grabilin. Asosiy faoliyat turi boshqa ofis texnika va jihozlarning ulgurji savdosi.

GFK Logistic Asia 2018-yil 28-martda tashkil etilgan, ustav kapitali 200 million so‘m. Quruqlik transporti sohasida xizmatlar ko‘rsatadi. Ta’sischilari Albert Abdusamatovich Shukurov va GFK Logistic Asia bo‘lgan, hozirda Oleg Grabilin va GFK Logistic Asia.
Ikhtiyor Rakhman

Recent Posts

Biz kinochilarning xalqimiz oldida qarzimiz koʻp — Abduxalil Mignorov seriallar haqida

Xabaringiz bor, Fargʻona viloyatida “Biz bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — vatanmiz!” shiori ostidagi…

1 oy ago

Saudiya Arabistoni may oyida Osiyo uchun neftning aksariyat turlari uchun narxlarni oshiradi

Saudiya Arabistoni may oyida osiyolik xaridorlar uchun neftning aksariyat turlari uchun narxlarni oshiradi. Osiyoga yetkazib…

1 oy ago

Mahalla maqomdan boshlanadi – Otabek Hasanov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targʻibotchilar jamiyati, olimlar, yozuvchi, shoirlar, san’atkorlardan iborat ziyolilarni tomonidan…

1 oy ago

Yangi Zelandiya TIV mamlakatning NATO bilan hamkorligini kengaytirish niyatida ekanligini ma’lum qildi

Yangi Zelandiya jamoaviy xavfsizlikni taʼminlash uchun NATO davlatlari bilan yaqinroq hamkorlik qiladi. Bu haqda Yangi…

2 oy ago

MRB direktori Gʻazodagi garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha muzokaralar uchun Misrga boradi

Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Bill Berns shu dam olish kunlari Qohiraga borib, Isroilning Mossad razvedka…

2 oy ago

“Kinokarvon”ning ilk manzili Sirdaryo viloyati bo‘ldi

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Kinematografiya agentligi hamda "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati hamkorligida "Bir bo‘lsak -…

2 oy ago