Yaponiya hukumati toʻliq isteʼfoga chiqdi

Yaponiya hukumatining toʻliq isteʼfoga chiqishi haqida har bir vazir Sindzo Abega murojaat qilgan, deb xabar qiladi Kiodo agentligi.

абе
bigasia.ru

Eslatib o’tamiz, 28-avgust kuni Sindzo Abe kutilmaganda bosh vazirlik lavozimini tark etishi haqida maʼlum qilgan edi. U bu qarorga oʻzining sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar sabab boʻlganini aytgandi.
Bugun Yaponiya parlamentining ikkala palatasida ham ovoz berish boʻlib oʻtadi. Ushbu tadbir natijasida yangi bosh vazir nomi maʼlum boʻlishi kerak.
Yaponiyada partiyalardan koʻrsatilgan nomzodlarning qaysi biri koʻp ovoz olsa, u bosh vazir boʻladi. Shu bois parlamentda eng koʻp oʻringa ega partiya yetakchisi eng koʻp ovoz olib mamlakat bosh vaziri boʻladi. Ayni paytda parlamentda Liberal-demokratik partiya eng koʻp oʻringa ega. Dushanba kuni bosh vazirlikka ushbu partiya vakili Yosixide Sugo nomzodi tasdiqlangan edi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog