Yaponiya do’konlari Bitcoin to’lovini qabul qiladi


Yaponiydagi yirik Big Camera elektrotexnika do‘konlar tarmog‘i xaridorlari 7-apreldan boshlab to‘lovni bitkoinlarda amalga oshirishi mumkin. Bu haqda 5-aprel kuni TACC xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, kompaniya to‘lovlar tizimini ishlab chiqish uchun bitFlyer bitkoinlar birjasi bilan shartnoma imzolagan. Ilk jarayonlarda xaridorlar Tokiodagi ikkita gipermarketda kriptovalyuta bilan to‘lovni amaga oshirishi mumin.

Boshlanishiga maksimal to‘lov 100 ming yenni (900 AQSh dollariga yaqin) tashkil qiladi. Talab oshishiga qarab do‘konlar tarmog‘i ushbu tizimni boshqa do‘konlarda ham joriy qiladi.

Shu yilning 1-aprel sanasidan Yaponiya bitkoin to‘lovlari va boshqa kriptovalyutalarni to‘lov mablag‘lari sifatida qabul qilinishi haqida qonun ishlab qichdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog