Yaponiya bosh vaziri Putin bilan Shimoliy Koreya masalasini muhokama qiladi


Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe aprel oyida Rosiyaga qiladigan rasmiy tashrifi chog‘ida Vladimir Putin bilan Shimoliy Koreya muammosini ko‘taradi. Bu haqda 17-aprel kuni TACC xabar qildi.

Parlament komissiyalarining majlisida bosh vazir Rossiya yetakchisi bilan “ochiqchasiga fikr almashishini” va Rossiya tomonidan “konstruktiv rol o‘ynashni talab qilishini ma’lum qildi. Shuningdek Shindzo Abe muammolarni muzokaralar orqali hal etish muhimligini qayd etdi. “Shimoliy Koreya o‘z harbiy kuchlarini namoyish etayotgan bo‘lsada, muammoni diplomatik sa’y-harakatlar orqali hal qilsa bo‘ladi”, dedi u.

Yaponiya bosh vazirining rasmiy tashrifi Rossiya Federatsiyasiga 20-apreldan boshlanadi.

Latest from Blog