Yanvar oyida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qariyb 2 mlrd dollarni tashkil etdi

Yanvar oyida O‘zbekistonda bug‘doy eksporti deyarli 7 barobar, tabiiy gaz — 3,3 barobar, mashina va uskunalar — 3 barobar oshdi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz».

Foto: Caucasus Business Week

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyi uchun qariyb 1,8 mlrd dollarni, jumladan eksport hajmi – 0,7 mlrd dollar, import esa 1,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Tashqi savdo balansi minus 433,9 mln dollarni tashkil etdi. Bu xaqda Davlat statistika qo‘mitasining tashqi savdo va savdo statistika Boshqarmasi ma’lumotlari ko‘rsatdi.

Mamlakat eksportining 34,1% ni xizmatlar, 24,2% — energiya va neft mahsulotlari, 2% — kimyo mahsulotlari, 7,2% — oziq-ovqat mahsulotlari, 4,8 % — qora va rangli metallar, 3,7 % — mashina va uskunalar, 1,1 % — paxta tolasi tashkil etadi.

Joriy yil mashina va uskunalar eksporti transformatorlar va akkumlyatorlarni eksport kilish hisobiga o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar ortdi – 46,7 %, kabel o‘tkazgich mahsulotlari hisobiga — 5,4 marta, isitish qozonlari, uskunalar va mexanik asbob-uskunalar va ularning qismlari hisobiga — 9,1% ga o‘sdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmi 40,8% ga ortdi, bug‘doy eksporti hisobiga – 6,8 martaga, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hisobiga – 28,8% ga o‘sdi.

Energiya tashuvchilar va neft mahsulotlari eksportining o‘sishi hisobiga (2,3 barobar) tabiiy gaz eksporti 3,3 martaga oshishi kuzatilmoqda.

Import tuzilmasining asosiy ulushini mashina va uskunalar – 35,4% va kimyo mahsulotlari va undan olingan mahsulotlar – 14,8% ni tashkil etadi. 13,8 % oziq-ovqat mahsulotlari, 11,3% – qora va rangli metallar, 7,6% — energiya tashuvchi va neft mahsulotlari va 6,4% — boshqa tovarlar tashkil etadi.

MDH mamlakatlari orasida asosiy tashqi savdo hamkorlari Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Ukraina, Tojikiston va Qirg‘iziston bo‘lib, tashqi savdo aylanmasining 41,4% ni tashkil etadi. Boshqa hamkor-davlatlar qatoriga Xitoy, Koreya Respublikasi, Turkiya, Germaniya, Afg‘oniston, Latviya, Litva, Hindiston, Eron kiradi va umumiy tashqi savdo aylanmasining 41% ni tashkil etadi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar