Foto: Interfax.uz

Yanvar-aprel oylarida pul o‘tkazmalari deyarli 2 mlrd dollarni tashkil qildi

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi deyarli 1,99 mlrd dollarni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 663 mln dollarga (50% foizga) oshdi.

Shu bilan bir qatorda, chet elga yuborilgan xalqaro pul oʻtkazmalari miqdori 478 mln dollarga yetdi. Natijada transchegaraviy pul oʻtkazmalari boʻyicha ijobiy saldo deyarli 1,52 mlrd dollarga yetdi.

Eslatib oʻtamiz, yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi deyarli 1,42 mlrd dollarni tashkil etgan edi.

Latest from Blog