Yangidan tashkil etilgan Davlat raqobat qo‘mitasining rahbari tayinlandi

Ravshan G‘ulomov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.

Qo‘mita axborot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi tegishli farmonni 20-aprel, payshanba kuni imzolagan.

Ravshan G‘ulomov bungacha O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimida ishlagan.

Yangi qo‘mita O‘zbekiston Prezidentining 18-apreldagi farmoniga muvofiq Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi negizida tuzilgan.

Latest from Blog