Yangi Zelandiyaning O‘zbekistonga yangi tayinlangan Elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi

2017-yilning 28-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yangi Zelandiyaning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Ien Aleksandr Xillni qabul qildi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Foto: YouTube

Elchi Vazirga ishonch yorliqlarini topshirdi. Vazir Elchini O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabrikladi va samarali faoliyat yuritishida omad tiladi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki tomonlama shakldagi va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Avval 2009-2012-yillarda O‘zbekistonda Yangi Zelandiya Elchisi sifatida akkreditasiya qilingan Ien Aleksandr Xill hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan o‘zining takliflari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuvda ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida manfaatli munosabatlarni faollashtirishga imkon beruvchi savdo-iqtisodiy aloqalarning normativ-huquqiy asosini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro va mintaqaviy siyosatning ba’zi masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Latest from Blog