Foto: uzlidep.uz

“Yangi O‘zbekistondagi eski O‘zbekistonga ‘g‘alaba’ muborak” — Rasul Kusherbayev UzAuto Motors’ning sudda yutib chiqqaniga munosabat bildirdi

1

UzAuto Motors kompaniyasining O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasining 21/31-sonli ishiga oid 2020-yil 19-avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasini ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkazilayotgan sud jarayoni yakunlangani va sudda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi UzAuto Motors kompaniyasiga yutqazgani haqida xabar berilgandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev sud qarori bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.

UzAuto Motors va uni qo‘llab-quvvatlovchilarning harak(j)atlari zoye ketmadi. Ular shuni istashdi, shu bo‘ldi, ular “bo‘l” dedi, bo‘ldi, “bo‘lma”, desa, bo‘lmasdi.

Ularga qancha gul, pul, kuch, e’tibor kerak bo‘lsa, hammasi muhayyo. Faqat odamlarning ishonchi va hurmatidan tashqari… Ammo ular uchun bir chaqalik qiymati yo‘q ishonch va hurmatsiz ham ular g‘olib, buyuk va tengsiz bo‘lib qolaverishlari mumkin. Chunki ular “eski O‘zbekiston” bo‘la turib “yangi O‘zbekiston”ni mag‘lub eta oldilar.

Xullas, yangi O‘zbekistondagi “eski O‘zbekiston”ga “g‘alaba” muborak!

Sudga esa gap ham yo‘q.

Rasul Kusherbayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

1 Comment

Latest from Blog