Foto: president.uz

Yangi Namangan tumani hokimligi tashkil etildi

23−27-may kunlari Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Piter Burianning Oʻzbekistonga tashrifi, may-iyunda esa Toshkent va Bryussel oʻrtasida boshqa aloqalar oʻrnatilishi kutilmoqda, deya chorshanba kuni jurnalistlarga maʼlum qildi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili va matbuot kotibi Yusuf Qobuljonov.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning “Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” hamkorlik kengashida ishtirok etish uchun Bryusselga tashrifi, qolaversa, Yevropa komissiyasi, Yevropa tashqi aloqalar xizmati va Belgiya TIV rahbariyati bilan uchrashuvlarini tashkillashtirish ishlari olib borilmoqda.

Tomonlar shuningdek, siyosat va xavfsizlik masalalari boʻyicha yuqori darajadagi “Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo” yigʻilishni oʻtkazish boʻyicha muzokaralarni olib bormoqda.

TIV vakilining qoʻshimcha qilishicha, oʻzaro bogʻliqlik va barqaror rivojlanish boʻyicha “Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo” birinchi vazirlar uchrashuviga tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda.

Avvalroq, Piter Burian Yevropa Ittifoqi Oʻzbekiston bilan yangi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisida ikki tomonlama bitimga tayyorgarlik ishlari yakunlanayotganini qayd etgandi. Bitim 1999-yildan beri hamkorlik va sheriklik borasida amalda boʻlgan kelishuv oʻrnini egallaydi.

Latest from Blog