Yangi haydovchilik guvohnomalari uchun to‘lov miqdori belgilandi

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi va avtomototransport vositasini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnomani berganlik uchun to‘lov hajmi eng kam oylik ish haqining 70 foizi (104842,5 so‘m) miqdorida belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Plastikdan tayyorlangan va elektron NFC-belgi mavjud bo‘lgan yangi guvohnomalar 1-oktabrdan tarqatilishi lozim edi.

Yangi guvohnomalar 10 yil muddatga beriladi. Yangi namunadagi guvohnomalar 2018-yil 31-dekabrga qadar ixtiyoriy, 2019-yil 1-yanvardan 2020-yil 31dekabrigacha majburiy ravishda almashtiriladi.

Avtomototransport vositasini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnoma majburiy texnik ko‘rikdan o‘tishda bosqichma-bosqich almashtiriladi.

Latest from Blog