Yamanda vabo epidemiyasi tarqalib bormoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Yamanda vabo epidemiyasi natijasida hayotdan ko‘z yumganlar sonining 398 tagacha ko‘tarilganini bildirdi.

Foto: BBC

Tashkilotning Yamandagi ofisi Twitter orqali bergan bayonotiga ko‘ra, Yamanning 19 viloyatida 27-aprel kunidan beri 38 ming 300 dan ziyod vabo virusi yuqgan kishi aniqlangan.

Bayonotda, Yaman xalqning uchdan bir qismining toza suv topa olmagani, shu sabab epidemiyaning tez tarqalib borgani bildirildi.

Mamlakatda deyarli ikki yildan beri davom etgan to‘qnashuvlar tufayli uysiz qolganlar tahminan 3 million kishini tashkil qiladi. Ichimlik suv topa olmagan va chiqindilarning qayta yig‘ishtirilmagani uchun vabo xavfi mamlakatda kundan-kunga ortib bormoqda, deyiladi bayonotda.

Latest from Blog