XVJ iqtisodiyotni isloh qilish borasida O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor ekani bildirildi

Xalqaro valyuta jamg‘armasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari departamenti direktori Jihad Azur 14—16-sentabr kunlari Toshkentda bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: XVJ

Rasmiy idoralar va boshqa tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlarda iqtisodiy vaziyat va olib borilayotgan islohotlar, jumladan, almashuv kurslarini birxillashtirish va valyuta bozorini erkinlashtirish bo‘yicha choralar muhokama qilindi.

“O‘zbekistonga iqtisodiyotini isloh qilish jarayonida ko‘pgina qiyinchiliklarni bosib o‘tishga to‘g‘ri kelsa ham, ushbu islohotlar yakunda mamlakatni samarali va ravnaq topgan iqtisodiy tizimga o‘tishiga imkon beradi”, — dedi Jihad Azur tashrifi yakunlari bo‘yicha.

U XVJ iqtisodiyotni isloh qilish borasida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini tasdiqladi. Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy savdoni kengaytirishga qaratilgan choralarni ma’qulladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar