Xudoyberdi Toʻxtaboyev 88 yoshida vafot etdi

Foto: Kun.uz

Oʻzbek bolalar yozuvchisi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyev 2021-yil 21-mart kuni 88 yoshida vafot etdi.

Xudoyberdi Toʻxtaboyev 1932-yil 17-dekabr kuni Fargʻona viloyatining Katta Tagob qishlogʻida tugʻilgan. 1949-yil Qoʻqon davlat pedagogika institutini, 1955-yilda hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

1958-yil qisqa vaqt mobaynida “Yosh gvardiya”, “Sir fosh etildi”, “Sehrli qalpoqcha” kabi kitoblari omma eʼtiboriga havola qilindi.

Keyinroq “Omonboy va Davronboy”, “Sariq devni minib”, “Yillar va yoʻllar”, “Besh bolali yigitcha”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida”, “Jannati odamlar” kabi kitoblari chop etiladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog