Xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolaringa tezkor yordam beradigan sayt ishga tushirildi


Xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolariga tezkor yordam beradigan sayt ishga tushirildi, deb xabar berildi Oʻzbekiston TIV rasmiy saytida.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2017-yil 1 choragidagi faolyati yakunlari boʻyicha eʼlon qilingan axborotda aytib oʻtilgan.

«Xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolariga tezkor yordam berish maqsadida shu yilning mart oyidan boshlab consul.mfa.uz saytida «onlayn maslahat» moduli ishga tushirildi va hozirgi kunga qadar 100 dan ortiq fuqaro murojaati qabul qilindi», — deyilgan xabarda.

Saytdagi xabarlarga koʻra, xorijda istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari konsulliklarga koʻpincha «Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani qay tarzda olish mumkin?», «Oʻzbekistondan hujjatni soʻrab olish tartibi qanday?», «Xorij davlat fuqaroligini qabul qilgandan keyin Oʻzbekiston fuqarolari qanday harakatlarni amalga oshirishlari zarur» va boshqa oʻzlari uchun dolzarb savollar bilan murojaat qilishgan.

Latest from Blog