Xorazmlik fuqaro qoʻshnisining hayotini saqlab qoldi

2017-yil 22-avgust kuni Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Urganch shahrida yashovchi fuqaro SH.E. tomonidan qoʻshnisi B.L. 4 5 kundan buyon koʻrinmay qolganligi haqida murojaat kelib tushdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati

Foto: Gazeta.uz

Mazkur murojaatga asosan, navbatchilikda boʻlgan qutqaruvchilar zudlik bilan belgilangan manzilga yetib bordi. Qutqaruvchilar mahalla raisi va qoʻshnilar ishtirokida B.L. uyining temir eshigini maxsus asbob-anjomlar yordamida ochganida, fuqaro B.L. uyining ichida betob holda yotganligi aniqlandi. Qutqaruvchilar tomonidan unga birinchi yordam amalga oshirildi hamda shifokorlarni chaqirib bemorga malakali tibbiy yordam koʻrsatildi.

Qoʻshnilarning hushyorligi hamda qutqaruvchilarning hatti-harakatlari natijasida bir insonning hayoti asrab qolindi.

Latest from Blog