Foto: YHXBB matbuot ximati

Xorazmda YPX xodimi yo‘l o‘rtasida haydovchini to‘xtatib olgani aytilgan video bo‘yicha izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqda “YPX xodimi yo‘lning o‘rtasida haydovchini to‘xtatib olgan” sarlavhasi ostidagi videolavha tarqaldi. YHXBB ushbu video bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2021-yil 19-iyun kuni Xorazm viloyati IIB YHXB YPX xodimi E.J. Shovot tumanida joylashgan tibbiyot birlashmasi yaqinida xizmat olib borayotgan vaqtda yo‘lning qatnov qismida Cobalt rusumli avtomobil to‘xtab qolganini ko‘rgan va haydovchining oldiga borgan.

Haydovchi avtomobilida nosozlik borligini aytib, tez fursatda yurgizishini ma’lum qilgan. Taxminan, bir daqiqa vaqt ichida haydovchi avtomobilni yurgizib, yo‘lida davom etgan.

Mazkur holat atrofdagi noma’lum fuqaro tomonidan videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda asl holatga mos bo‘lmagan izoh bilan tarqalmoqda.

“Tarmoqlarda o‘z obunachilariga ega bo‘lgan ayrim sahifa egalaridan har qanday holatni puxta va sifatli o‘rganmasdan turli izohlar bilan tarqatmasliklarini so‘raymiz”, — deyiladi boshqarma xabarida.

Latest from Blog