Xorazmda fuqaroning uyida dollar sotib olayotgan bank xodimlari qo‘lga olindi

“Ipotekabank” aksiyadorlik tijorat banki Xorazm viloyati “Tinchlik” filialida bosh mutaxassis bo‘lib ishlovchi Ollabergan Masharipov tijorat banklarida fuqarolardan xorijiy davlatlar valyutasi cheklanmagan miqdorda qabul qilinayotganini ko‘rib, fikri buzildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: «Korrespondent O‘zbekiston»

Shu bankda mutaxassis bo‘lib ishlaydigan Sherzod Yangiboyev va hech qayerda ishlamasa-da, hisob-kitob ilmini yaxshigina o‘zlashtirib olgan Navro‘z Eshmetov ham bel og‘ritmay pul ishlash maqsadida sheriklikka qo‘shildi.

“Bankirlar” keyinchalik fuqarolarga qonunga xilof ravishda qayta naqd shaklda sotish maqsadini ko‘zlab, urganchlik fuqarodan bir dollarni 8 ming 150 so‘mdan sotib olishga kelishib, 8200 dollarni uning uyida 66 million 830 ming so‘mga sotib olayotgan paytida viloyat IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Qilmishlari fosh etilib, pullari ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirilgan ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar