Xonqa sudi binosining tomi kuchli shamolda qulab tushdi

Foto: Xorazm viloyat FVB

Shanba kuni ertalab kuchli shamol natijasida jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tumani sudi binosining tomi qulab tushdi. Xorazm viloyat FVB matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu haqdagi xabarlarni tasdiqladi.

Qayd etilishicha, ushbu sodir bo‘lgan voqea natijasida hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda hodisa oqibatlari tuman FVB va mutasaddi tashkilotlar tomonidan bartaraf qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha Xorazm viloyatida kuchli shamol va tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida elektr tarmoqlarida avariya holati yuzaga kelgani haqida xabar qilgan edik. Viloyatning bir qator hududlarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilgan.

Avvalroq esa dam olish kunlari respublika hududlarida shamolning 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilayotgani, ba’zi joylarda 23−28 m/s gacha kuchayishi mumkinligi ma’lum qilingan edi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog