Xonobod shahri hokimi vafot etdi

Andijon viloyatining Xonobod shahri hokimi Musaxon Mamadaliyev pnevmoniyaning navbatdagi qurboniga aylandi. Bu haqda viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Xabar.uz

“Bugun, 29-sentabr kuni Andijon viloyati Xonobod shahar hokimi Mamadaliyev Musajon Moʻminjonovich vafot etganligi munosabati bilan Andijon viloyat hokimligi marhumning oila aʼzolari va yaqin qarindoshlariga chuqur taʼziya bildiradi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, u oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi kasalligidan vafot etgan.

Maʼlumot uchun, sentabr oyi oʻrtalarida Xonobod shahri hokimi Musaxon Mamadaliyev va Paxtaobod tumani hokimi Mahmudjon Bozorov esa ushbu oy boshidan buyon ishga chiqmayotgani maʼlum boʻlgandi.

Eslatib oʻtamiz, 8-sentabr kuni Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimi Gʻayrat Begaliyev koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgandi. Iyul oyida esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonlikoʻl tumani hokimi Daulet Tolibayev koronavirus qurboni boʻlgan.

“Korrespondent.uz” sayti jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog