Foto: Billboard

Xonanda Britni Spirs ijodiy karyerasini yakunlashni rejalashtirmoqda

Amerikalik qoʻshiqchi Britni Spirs oʻz faoliyatini tugatish haqida oʻylmoqda, shu sababli menejer Larri Rudolf u bilan ishlashni toʻxtatishga qaror qildi. Bu haqda 6-iyul, seshanba kuni Variety Rudolfning Spirsga yozgan maktubiga asoslanib xabar berdi.

“Britni bilan oxirgi marta gaplashganimizdan beri 2,5 yildan koʻproq vaqt oʻtdi va keyin u menga ishdan muddatsiz tanaffus qilishni xohlayotganini aytdi. Bugun men Britni rasman taʼtilga chiqish niyati haqida eʼlon qilganini bildim”, — dedi u.

Menejerning soʻzlariga koʻra, u Spirs bilan deyarli butun faoliyati davomida ishlagan. Ayni paytda u oʻz jamoasini tark etsa, bu Spirsning manfaatlariga ijobiy taʼsir qilishiga ishonadi, chunki Spirs uning professional xizmatiga muhtoj emas.

U qoʻshiqchi bilan birgalikda ishlash natijasida erishgan yutuqlaridan gʻoyat faxrlanishini aytdi. U xonandaga sogʻliq va baxt tilab, agar unga yana kerak boʻlsa, u tayyorligini maʼlum qildi

Avvalroq, 30 iyun kuni Los-Anjeles (Kaliforniya) sudi Britni Spirsning otasini xonandaning millionlab dollarlik boyligi ustidan nazoratni olib tashlash toʻgʻrisidagi arizasini rad etgani maʼlum boʻldi.

Jeyms Spirs 13 yildan beri qizining shaxsiy hayoti, moliya va karyerasini nazorat qilib keladi. U 2008 yilda asab kasalligi bilan kasalxonaga yotqizilganidan keyin uning homiysi etib tayinlangan.

2020-yilda Los-Anjeles sudi ikki marotaba — avgust va noyabr oylarida — Britni Spirsning otasini vasiylik vazifasidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi daʼvosini rad etdi. Ushbu qarorga norozilik sifatida xonanda otasi uning ishlari bilan shugʻullanar ekan, konsert berishda davom etishdan bosh tortdi.

Latest from Blog