Xivada har ikki yilda “Lazgi” xalqaro raqs festivali oʻtkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Lazgi” xalqaro raqs festivalini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

interkomitet.uz

Qarorga koʻra:

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi va Xorazm viloyati hokimligining 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba 25-30-aprel kunlari Xiva shahrida “Lazgi” xalqaro raqs festivalini (keyingi oʻrinlarda – Festival) hamda uning doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani oʻtkaziladi.

Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, Xorazm viloyati hokimligi Festivalni YUNESKO shafeligi ostida oʻtkazadi.

Madaniyat vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda:

Festival doirasida Xiva shahridagi “Ichan-qalʼa” majmuasi hududida raqs sanʼatiga oid koʻrgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi hamda ularning savdosi tashkil etilishini;

Festival dasturini ishlab chiqish va uning Festivaldan uch oy avval turistik tashkilotlarga taqdim etilishi, Internet tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishini taʼminlaydi.

Festival va uning doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkaziladi.

Festival turizm kalendar rejasiga kiritilib, unga xorijiy sayyohlarni jalb qilish hamda Festival qatnashchilari va mehmonlar uchun mehmonxonalardan joylarni oldindan band qilinadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog