Xitoylik tadbirkor Oʻzbekistonda uchta zavod va texnopark qurishga sarmoya kiritadi

Samarqandda sement, qalin qurilish oynalari, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi zavodlar va texnopark quriladi. Bu borada «Umar» qurilish-ishlab chiqarish kompaniyasi tarkibidagi «Olim invest servis» MChJ va Xitoyning «CTI Holding group co., Ltd» kompaniyalari oʻrtasida qoʻshma korxona tuzish haqida kelishuv imzolandi.

Foto: Nuz.uz

Xitoy kompaniyasi direktori Fen Jun toʻrt kun davomida Samarqandda boʻldi va samarqandlik tadbirkor Umar Rajabov bilan muzokaralar olib bordi, deb yozadi nuz.uz.

Ular shu yilning aprelida Pekinda oʻzaro anglashuv Memorandumini imzolagan, oʻshanda hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olingandi. Bu — yiliga 1 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega sement zavodi, yiliga 10 mln kv.metr oyna ishlab chiqaruvchi zavod va bazaltdan kompozit qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi zavod hamda texnopark yaratish.

Tomonlar birinchi bosqichda zamonaviy texnologiyalar va qurilmalar bilan jihozlangan, Yevropa standartlariga mos portlandsement ishlab chiqariladigan zavod qurishga kelishib oldi. Ishlab chiqarilgan sementning 60%i eksport qilinadi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar