Xitoydan Oʻzbekistonga yangi yuk yoʻnalishi boʻyicha poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Kuni kecha Xitoy-Yevropa temiryoʻl orqali yuk tashuvlari loyihasi doirasida Xitoyning Tszyansi viloyatidan Oʻzbekistonga yangi yuk yoʻnalishi boʻyicha harakat ochildi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar berdi.

Foto: ptzgovorit.ru

Xabarda aytilishicha, poʻlat gʻaltaklar, kiyim kechak va har kunlik isteʼmol mollar yuklatilgan poyezd (poyezdagi yuklarining jami qiymati 1,8 mln dollarga teng) Ganchjou shahridan juma kuni Oʻzbekistonga yoʻl oldi. Ushbu yuk poyezdi 12 kundan soʻng Toshkentga yetib keladi.

Taʼkidlab oʻtish joizki, 2011-yil avgust oyida Chuntsin-Duysburg yoʻnalishi ochilganidan soʻng, Xitoy va Yevropa hamda Markaziy Osiyo shaharlari oʻrtasida 4 mingdan ortiq yuk poyezdlari reysi amalga oshirildi.

Ushbu yangi yuk temir yoʻl qatnovi Xitoyning 28 ta shaharlarini Yevropa 11 ta davlatining 29 ta shaharlari bilan oʻzaro bogʻlaydi. 2015-yil oktabr oyida Xitoyning Shandun provintsiyasidan Oʻzbekistonga yuk poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-15-may kunlari Xitoyda davlat tashrifi amalga oshirilgan edi. Tashrif davomida Xitoy va Oʻzbekiston orasida energetika, neftni qayta ishlash, elektrostantsiyalarni zamonaviylashtirish, qishloq xoʻjaligi, kimyo sanoati, transport kommunikatsiyalari va boshqa sohalarga oid hujjatlar imzolangan edi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar